Reklama
Yangiliklar tasmasi

Joze: «Pogba mushg‘ulotning so‘nggi daqiqasida jarohat oldi»

11.03.2018, 15:52

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino APL 30-turi doirasida «Liverpul»ga (2:1) qarshi kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Pogbaning jarohati borasida gapirib o‘tdi.

«U o‘yindan oldingi mashg‘ulotning so‘nggi daqiqasida jarohat oldi. Aqlbovar qilmaydi. Agar men mashg‘ulotni bir daqiqa oldinroq tugatganimda, u jarohat olmasdi.

Reshford ikkita gol urdi va bu «MYu» libosiga o‘zgacha qaraydigan yigit uchun ajoyib onlardir, axir Markus shu yerda tug‘ilgan.

MakTomini juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, u meni xayron qoldirdi. Ba’zida muxlislar o‘yinchiga bosim o‘tkazib, noto‘g‘ri harakatlar qilishga majbur qiladilar, ammo u o‘shanda ham barchasini to‘g‘ri bajardi», – deydi Joze.

Manba: www.uff.uz

Fikrlar

  #Дилшодбек [off]
12.03

Погба кайтади

  7_Griezmann [off]
11.03

Pogba yana qanaqadir qiliq qigandirde. Nima boganda ham sog'liq tilayman

  [off]
11.03

Umid qilamiz Pogba va Marsiyal Siviliyaga qarshi o'yinga tayyor bo'ladi deb.

  JaSuR MuFc [off]
11.03

Mc Tominay Kerrek ga örinbosar böla oladi Kerrik ni özi aytgandi bunga hech kim wubha qilmasa kk.
Pogba Sevilla ga qarwi tuwmasa kk.Marsial da ham jarohat bor deyiwyapdi.

  JaSuR MuFc [off]
11.03

Mc Tominay Kerrek ga örinbosar böla oladi Kerrik ni özi aytgandi bunga hech kim wubha qilmasa kk.
Pogba Sevilla ga qarwi tuwmasa kk.Marsial da ham jarohat bor deyiwyapdi.
Umumiy: 5
Reklama

© 2018 Tashkent Reds Inc. All rights reserved.