Reklama
Yangiliklar tasmasi

Mata: «Manchester Yunayted» – «Liverpul» – ikki jamoa uchun eng yirik bahs»

10.03.2018, 15:07

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata «Liverpul»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan APLning 30-tur uchrashuvidan oldin bahs haqida fikr bildirdi.

«Bu ikki jamoa uchun eng yirik bahs va butun Angliya futboli uchun ham shunday bo‘lsa kerak. Bu yerda azaliy raqobat, ikki klub tarixi va atmosfera o‘zgacha ahamiyatga ega. Agar fantastik gol ursangiz yoki ajoyib o‘yin ko‘rsatsangiz, buni bir umr eslab qolishadi.

Agar muxlislardan «MYu»dagi faoliyatimda eng muhim vaziyat haqida so‘rasangiz, ular «Liverpul» bilan bahs va o‘sha golni aytishadi. «Enfild»dagi uchrashuvda 2 ta gol urganman, bittasi g‘alaba keltirgan.

«Liverpul» – yaxshi jamoa. Ularning ishlari a’lo, ayniqsa klubning hujumkor futbolchilarida. Bu futbolchilar ko‘p gol urishmoqda. Muhammad Saloh fantastik mavsumni o‘tkazmoqda. Ushbu bahsda ularga tayyor bo‘lishimiz lozim.

Har bir futbolchi uyda o‘ynashni ma’qul ko‘radi. Biz bugun «Old Trafford»da to‘p tepamiz. Muxlislar uchun yaxshi atmosferani hosil qilish uchun bor kuchimizni ishga solishimiz kerak», – deydi Mata.

Manba: www.championat.asia

Fikrlar
B

  Behruzbek [off]
10.03

БУГУН ГАЛАБА КУТАМАН

  GEORGE BEST [off]
10.03

Mata akrabat golarini paftor qvorgn
Umumiy: 2
Reklama

© 2018 Tashkent Reds Inc. All rights reserved.