Reklama
Yangiliklar tasmasi

Rangnik «MYu»ning yangi sport direktori bo‘lishi mumkin

07.11.2019, 20:21

«Manchester Yunayted» o‘ziga yangi sport direktori izlash bilan ovora.

The Sun nashrining tarqatgan ma’lumotlariga qaraganda, «mankunianlar»ning ijrochi direktori Ed Vudvord Ralf Rangnik bilan muzokara olib borgan. Rangnik hozirda «Red Bull» kompaniyasining sport bo‘limi va futbolni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Germaniyalik mutaxassis «MYu» klubiga o‘tishni istisno qilmayapti. «MYu»dek klubga o‘tish katta javobgarlikni talab qilishini ta’kidlab o‘tdi.

Avvalroq, bu lavozimga «qizil iblislar»ning sobiq darvozaboni, hozirda «Ayaks» klubi sport direktori bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Edvin Van der Sar taklif qilinishi haqida xabar tarqatilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 61 yoshli germaniyalik mutaxassis «Bavariya» klubini boshqarishi mumkin bo‘lgan bosh murabbiylar ro‘yxatidan joy olgan edi. Biroq, Rangnikni agenti «Bavariya» bilan muzokara olib borishdan bosh tortgandi.

Manba: www.stadion.uz

Fikrlar
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc