Reklama
Yangiliklar tasmasi

«MYu»ning asosiy futbolchilaridan biri «Partizan»ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi

07.11.2019, 19:51

Bugun «qizil iblislar» «Old Trafford»da «Partizan»ni qabul qilishadi.

«Manchester Yunayted»ning markaziy himoyachisi Viktor Lindelyof Yevropa Ligasi 4-tur doirasidagi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Viktor tanasining orqa qismidan jarohat olgan.

25 yoshli shved joriy mavsum «MYu» safida barcha turnirlarda 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta sariq kartochka olgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» va «Partizan» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Manba: www.championat.asia

Fikrlar
B

  BEGZOD [off]
07.11

Бу мухим ойинчимас
Umumiy: 1
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc