Reklama
Yangiliklar tasmasi

«Roma» «MYu» bilan Smolling narxi ustida tortishmoqda

05.11.2019, 19:46

«Roma» klubi «Manchester Yunayted» himoyachisi Kris Smollingni to‘liq sotib olishni istayapti.

La Gazzetta dello Sport jurnalisti Nikolo Skira xabariga ko‘ra, rimliklar 29 yoshli futbolchi uchun 12 mln yevro va bonuslar ko‘rinishida yana 3 mln yevro taklif qilishmoqda. Inglizlar esa 18 mln yevro talab qilishmoqda.

«Roma» Smolling bilan 3,2 mln yevro maoshni ko‘zda tutuvchi 2024 yilgacha mo‘ljallangan to‘laqonli shartnoma imzolashni xohlayapti.

Eslatib o‘tamiz, Kris mavsum boshida «Roma» tomonidan 3 mln yevroga ijaraga olingan edi. Bu mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Manba: www.tribuna.uz

Fikrlar
M

  Myu NO1 DEXEA [off]
06.11

2-chi qavatda yaxshi oynardi
M

  Muhsinbek [off]
05.11

To'g'ri, agar iloji bo'lsa smollingni olib qolish kerak.
a

  admin [off]
05.11

Lindelyof, Roxo, Jonslardan kuchli Smolling.
Umumiy: 3
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc