Reklama
Yangiliklar tasmasi

De Xea: «Bu – «MYu»dagi faoliyatim davomidagi eng qiyin davr»

07.10.2019, 17:48

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea APLning 8-turidan o‘rin olgan «Nyukasl»ga qarshi o‘yindan so‘ng (0:1) o‘z fikrlarini bilidirib o‘tdi.

«Biz birorta ham yaxshi vaziyat yaratmadik. Nimadir qilish kerak. Jarohatlangan o‘yinchilarimiz ko‘p, ammo bu bahona emas.

Biz «Manchester Yunayted»miz. Mashg‘ulotlarni davom ettirishimiz, kurashishimiz va g‘alaba qozonishmiz kerak. Ko‘p narsalarni yaxshilash kerak.

Men nima deyishni bilmayapman. Bu – biz uchun qiyin payt. Bu – «MYu»ga kelganimdan beri eng qiyin davr. Nega bunday bo‘layotganini bilmayman. Muxlislardan uzr so‘rayman. Biz kurashni davom ettiramiz», – deydi De Xea.

Manba: www.tribuna.uz

Fikrlar

  Luis Nani [off]
07.10

Давид Де Хеа но1
Umumiy: 1
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc