Reklama
Yangiliklar tasmasi

Sulsher tvitterdagi sahifasini o‘chirib yubordi

06.10.2019, 13:13

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o‘zining tvitterdagi sahifasini o‘chirib tashladi.

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Yevropa ligasining 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «AZ Alkmaar»ga qarshi o‘yindan (0:0) keyin muxlislar mutaxassisni tanqid qilishgani bois, murabbiy shunday qarorga kelgan. Bu uchrashuvda mankunianliklar raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba yo‘llay olishmadi.

Sulsher akkauntni o‘chirishdan oldin muxlis tomonidan o‘ziga bildirilgan minnatdorchilik xatini e’lon qilgan edi.

«Salom, Sem. Xabiringiz uchun rahmat. Jamoamizda o‘sishni ko‘rayotgan kimdir borligidan xursadman. Hujumlar albatta keladi», – deya javob qaytgan edi Sulsher ishqibozga.

Manba: www.stadion.uz

Fikrlar
A

  Azizbek [off]
06.10

Vaqt berish kere Sulsherga
Umumiy: 1
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc