Reklama
Yangiliklar tasmasi

Sulsher: «Transferlar oynasining so‘nggi kunida ajoyib futbolchini olib kelishimiz mumkin edi»

06.10.2019, 13:05

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher jamoaning sobiq hujumchisi Romelu Lukakuning «Inter»ga ketgani borasida gapirdi.

– «Ha, jamoada hujumchilar yetishmayapti. Ammo bu mening qarorim emas. O‘sha vaqtda buni xursandchilik bilan qabul qilganman.

Barcha futbolchilarimizning yuqori potensiali bor. Biroq o‘sha paytlarda Romeluning fikrlari jamoa bilan birga emas edi. Boshqa futbolchilar haqida ko‘p gapirishni istamayman. Lukakuni qattiq hurmat qilaman, lekin o‘sha paytda uning vaqti tugagandi.

Yangi olib kelinganlardan juda minnatdorman. Transferlar oynasining so‘nggi kunida yana bir ajoyib futbolchini olib kelishimiz mumkin edi, ammo bunga vaqt yetmadi. Endi tishni tishga qo‘yib chidash kerak. Endi biz ishonchsiz futbolchilarga katta summa ishlatmaymiz», – dedi Sulsher.

Manba: www.championat.asia

Fikrlar

  Reddevil [off]
07.10

MYu giggsni opkelishi kk
A

  Azizbek [off]
06.10

Ob kegan oʻyinchilari oʻzini oqlavotti, Sulsherga yana bir-ikki transferga vaqt berishi kere eplasa kere
Umumiy: 2
Reklama

© 2019 Iman Group Inc. Все права защищены.
По всем вопросам: @ImanGroupInc