Reklama
Yangiliklar tasmasi

APL klublari mavsumni bekor qilish yoki to‘xtatish masalasida tortishmoqda

31.03.2020, 20:17

Angliya Premer Ligasi klublari 2019/20 mavsumini bekor qilish yoki davom ettirish lozimligi haqida yakdil emas.

The Independent xabariga ko‘ra, 4 ta klub mavsumni bekor qilib, koronavirus pandemiyasi tugaganidan so‘ng, yangi mavsumni boshlab yuborish taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Agar shu haqdaki qaror qabul qilinsa, telekompaniyalar translyatsiya huquqi uchun to‘langan pullarni qaytarib berishni talab qilishi mumkin. Bu esa ko‘plab klublarni xavotirga solmoqda. Hisob-kitoblarga ko‘ra, agar mavsum natijalari bekor qilinsa, APL 1,2 milliard funt yo‘qotadi. Bu esa og‘ir inqirozga va ish o‘rinlarining jiddiy qisqarishiga olib keladi.

Shu tufayli, klublarning ko‘pchiligi mavsumni davom ettirish kerakligini yoqlamoqda. Ularning orasida jadvalning yuqori qismidan joy olgan klublar ko‘p.

«Natijalarni bekor qilish eng yomon qaror bo‘lar edi. Agar shu holat yuz bersa, «Liverpul»ning chempionligiga hech kim qarshi bo‘lmaydi. Ammo jadvalning quyi qismida janjal yuzaga keladi», – dedi nomi sir qolishni istagan manbalardan biri.

Jadvalning quyi qismidan joy olgan 4 ta klub mavsumni bekor qilishni yoqlamoqda. Chunki agar ular Premer Ligani tark etsa, televizion kompaniyalarga qaytarib berish lozim bo‘lgan mablag‘dan ham ko‘prog‘ini yo‘qotishadi.

Premer Liga mavsumni bekor qilish haqida mustaqil qaror qabul qilolmaydi. Bunga Angliya Futbol Assotsiatsiyasi va Liga rahbariyatining roziligi kerak. Angliya Futbol Ligasi esa mavsumni har qanday holatda yakunlab olish shartligini ta’kidlagan.

Mavsumni davom ettirish yoki bekor qilish haqidagi munozaralar ko‘plab klublarga yoqmayapti. Chunki ayni paytda virus tufayli odamlar o‘lmoqda. Shu tufayli qaror qabul qilishni kechiktirish taklif qilinyapti.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar

  ReD [off]
01.04

.04.20
Umumiy: 1
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты