Reklama
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand Keyn va Sanchoning transferlari uchun qancha sarflash zarurligini aytdi

31.03.2020, 20:13

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Rio Ferdinand «qizil iblislar»ga Harri Keyn va Jeydon Sanchoni sotib olishni maslahat berdi. U shu bilan birga ikki o‘yinchi uchun 200 mln funt sterlingdan (224 mln yevro) ko‘proq mablag‘ kerak bo‘lishi haqida ham gapirdi.

«Keyn «Tottenxem»da baxtli emas. Menimcha, uning oxirgi so‘zlari jamoadan ketmoqchiligini anglatadi, u bu gaplari bilan boshqa klublarga ishora berdi. Harri sovrin yutishni xohlamoqda. «Manchester Yunayted» uni sotib olishi kerak, chunki u klubga juda mos tushadigan o‘yinchi. «Real» va «Yuventus» ham Harri uchun kurashishi aniq. Uning tovon puli taxminan 130 mln funtni tashkil etadi.

Sanchoga esa «MYu», «Chelsi» hamda PSJ da’vogarlik qilmoqda. U o‘tishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi klub «Yunayted» deb o‘ylayman. Jeydon – dunyoning eng yaxshi yosh va katta potensialga ega futbolchilaridan biri. Uning transferi 100 mln funt sterlingdan ko‘proqqa tushishi mumkin. Albatta, bu juda ko‘p, biroq biz yana 10 yillar davomida yuqori darajada o‘ynashi mumkin bo‘lgan futbolchi haqida gaplashyapmiz», – deydi Ferdinand.

Eslatib o‘tamiz, Keyn oxirgi intervyusida «Tottenxem»dan ketish ehtimoli borligini yashirmagandi.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar

  Fayzullo_MuFc [off]
01.04

..........................De Gea....................
VanBisaka Kulibali Maguire(c) Shaw
Mactominay Pogba
Sancho Fernandes Rashford
Keyn

Romero. Bayi. Dalot. Fred. Matich. Jaymes. Martial

  Fayzullo_MuFc [off]
01.04

zur bolardi ikkoviniyam olsa

  Tursunboy [off]
01.04

Ikilovini op marsial bn pogbani sotib yuboriw kere
Umumiy: 3
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты