Reklama
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Pogbaga o‘rinbosar topdi

31.03.2020, 20:01

«Atletiko» klubi yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini Angliya Premer Ligasida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Daily Star.

Manbaning xabariga ko‘ra, 25 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan. Mankunianliklar Saulga yozda jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan Pol Pogbaga o‘rinbosar sifatida qarashmoqda. Hozircha Madrid klubi Saulning tovon pulini ma’lum qilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Saul ushbu mavsumda La Liganing 26 ta o‘yinida maydonga tushib, 3 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar

  King_Ilhomjonovich [off]
01.04

Pogba ketsa olish kerak bomasam kerak emas
S

  Shohruxbek [off]
01.04

kelasi mavsum ucun tahminiy tarkib dehea bissaka maguayr bayi shou maktominay bruno matic sancho reshford keyn

  Tursunboy [off]
01.04

Keremas
Umumiy: 3
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты