Reklama
Yangiliklar tasmasi

Van Persi Fergyusonning tartib-intizomga e’tibori haqida qiziq voqeani aytib berdi

31.03.2020, 19:48

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Robin van Persi mankunianliklarning afsonaviy murabbiyi ser Aleks Fergyusonning metodikasi haqida gapirdi.

«Ser Aleks Fergyuson tartib-intizom o‘rnatishda chora ko‘rishni bilardi. Debyut mavsumimda aprel oyida «Manchester Siti»dan 15 ochko oldinda edik. «Shaharliklar» bilan bo‘ladigan bahsda g‘alaba qozonsak, farqni 18 ochkoga yetkazardik. Ammo yutqazib qo‘ydik va farq 12 taga qisqardi.

Bunday holatda hamma murabbiylar ham fojia yasamaydi. Ammo Fergyuson g‘azabda edi.

Mag‘lubiyatga qaramay, o‘sha tunda 2 futbolchi dam olishga qaror qilishgan. Ertasi kuni boss kiyinish xonasiga kirib, o‘yinchilarning tungi sayrlari paytida olingan suratlarini ko‘rsatgan va butun jamoaga shunday degan: «Agar unvonni qo‘ldan chiqarsak, bunga ikki ahmoqning tunda sayr qilgani sabab bo‘ladi». Uning jahli chiqqandi», – deydi van Persi.

Ma’lumot uchun, «MYu» o‘sha mavsumda 20-bor APL g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты