Reklama
Yangiliklar tasmasi

Mata van Gal haqida: «U gohida so‘zlayotganda yig‘lardi»

31.03.2020, 19:28

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata klub sobiq bosh murabbiyi Lui van Gal bilan birga ishlagan faoliyatini esladi.

– «Lui yaxshi inson bo‘lish bilan birga gohida u qo‘rqinchliga aylanardi. U hissiyotlarga beriluvchan, gohida muhim narsalar haqida gapirayotganida yig‘lab yuborardi.

Van Gal bilan ilk uchrashganimizda u Rayan Giggz bilan o‘tirgandi. Ko‘rishgach, u birga vino ichishni taklif etdi, men esa rad etgandim. O‘shanda u mendan: «Menga aytchi, kimsan?», – deb so‘ragandi.

Hayron qolgandim. Ismim Xuan, 26 yoshdaman, futbol o‘ynayman deb javob bergandim. U esa, «Yo‘q-yo‘q, shaxs sifatida qanday odamsan? Oilalimisan, hayotda sen uchun eng muhimi nima?», – deb qiziqqan.

Bilasizmi, aslida u shunchaki taktik emas, yaxshi murabbiy edi. Lui ajoyib inson, undan ko‘p narsani o‘rganganman», – deya eslaydi Mata.

Ma’lumot uchun, Xuan Mata Manchester klubiga Devid Moyes ustozlik qilgan davrga kelgan, shotlandiyalik murabbiy iste’foga chiqarilgach Lui van Gal bilan birga ishlagandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты