Reklama
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» «Roma»dan 28 mln yevro talab qilmoqda

31.03.2020, 06:31

«Roma» hali ham «Manchester Yunayted»ga tegishli himoyachi Kris Smollingni sotib olish niyatida bo‘lib yuribdi.

Corriere della Sera xabariga ko‘ra, 30 yoshli angliyalik himoyachi uchun mankunianliklar 28 mln yevro so‘ramoqda. Biroq rim klubi narxni tushirishga harakat qilmoqda.

Oldinroq «MYu» futbolchisi uchun 20 mln yevro talab qilayotgani borasida ma’lumotlar berilgandi. Biroq uning «Roma»da ko‘rsatgan o‘yini narxni ko‘tarib yubordi.

Smollingning «MYu» bilan 2022 yilga qadar imzolagan shartnomasida tovon puli ko‘rsatilmagan. U Rimda qolishni va «Roma» sharafini himoya qilishni istamoqda.

Manba: www.championat.asia

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты