Reklama
Yangiliklar tasmasi

APLni davom ettirish uchun yangi loyiha ko‘rib chiqilmoqda – o‘yinlar har kuni o‘tkazilishi mumkin

30.03.2020, 21:50

Angliya Premer Ligasi rahbariyati mavsumni qanday yakunlash variantlarni ko‘rib chiqmoqda, deya yozadi The Independent nashri.

«Variantlar qatorida chempionatning qolgan 92 ta o‘yinini iyun va iyul oylarida London va boshqa shaharlardagi qarorgohlarning mashg‘ulot maydonida o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Unga ko‘ra, mavsum zich taqvim asosida tomoshabinlarsiz, TV-translyatsiya qilingan holda tugatilishi mumkin. Taqvim va o‘yinlarning o‘tkazilish maxsus loyihasiga binoan, APL o‘yinlari to‘xtovsiz har kun o‘tkazilib, jamoalar o‘yingacha alohida lagerlarida saqlanadilar. Futbolchilar ajratilgan qarorgohlarda o‘z oilalari bilan uchrashmay, har kuni tibbiy tekshiruvdan o‘tishadi. Shu jumladan klub vakillari, rasmiylar, TV xodimlari ham nazoratda bo‘ladilar», – deyiladi manbada.

Ma’lumot uchun, APL bahslari dastlab 2 aprelgacha, keyin esa noma’lum muddatgacha qoldirilgandi.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar

  King_Ilhomjonovich [off]
01.04

Futbolchilar o'ynay olmaydi har kuni. Klublar rozi bolishmaydi
r

  red_devil [off]
31.03

Uzfifada kecha öqigandim abetda

  ATABEK MJ [off]
31.03

Futbolchilar o'lib qolmasa bo'ldi

  Market_Utd [off]
31.03

Каерда укидингиз зур хабарку.
r

  red_devil [off]
30.03

Öqidilami Sancho MYU ga ötishga rozi böbdi xudo holasa zör böladi
Umumiy: 5
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты