Reklama
Yangiliklar tasmasi

Jorje Mendesh: «MYu» Ronaldu uchun ideal klub edi»

30.03.2020, 17:32

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozining «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan vaqtlarni yodga oldi.

«Men har doim transferlardagi eng muhim jihat murabbiy ekanini ta’kidlab kelganman.

Ronalduni ko‘plab klublar sotib olmoqchi edi, ammo ular uni yana «Sporting»ga ijaraga bermoqchi bo‘lishgan. Faqatgina ser Aleks Fergyuson uni darhol sotib olishni xohlagandi. Shundan so‘ng men hech ikkilanmasdan qaror qabul qilganman, chunki «Manchester Yunayted» u uchun ideal klub edi», – deydi Mendesh.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu «qizil iblislar» safida 2003-2009 yillarda to‘p tepgan. U shu vaqt davomida 292 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasini 118 bor ishg‘ol etgan.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar
M

  Majidxon [off]
30.03

Kеsа.yаxsh.bo'lаdi.pаgbаn.kеtkаn.yаxsh
M

  Majidxon [off]
30.03

Kеsа.yаxsh.bo'lаdi.pаgbаn.kеtkаn.yаxsh
Umumiy: 2
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты