Reklama
Yangiliklar tasmasi

Peti: «Fernandesh «MYu»da o‘zini go‘yoki 6 yildan beri o‘ynayotgandek his qilmoqda»

30.03.2020, 08:34

«Arsenal» klubi va Fransiya milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti «Manchester Yunayted» futbolchisi Brunu Fernandesh haqida gapirib, uni Pol Pogba bilan taqqosladi.

«Fernandeshning kelishi «MYu»ga katta ta’sir ko‘rsatdi. U 2 oy ichida qishki transferlar oynasidagi eng yaxshi o‘tish qanday bo‘lishini ko‘rsatdi. Go‘yoki u bu klubda 6 yildan beri o‘ynamoqda.

U jamoaning mentalitetini o‘zgartirdi. Mavsum o‘rtasida yangi jamoaga kelib, buni o‘zgartirish qiyin. Buni «MYu»da Pogba amalga oshirishi, yetakchilik nuqtayi nazaridan o‘zini namoyon qilishi kerak edi.

Ammo ularning maydonda birgalikda o‘ynashlarini kutaman. Men ular birga harakat qila oladimi yoki yo‘qmi, shuni ko‘rmoqchiman. Ishonamanki, ular bunga qodir», – deydi Peti.

Manba: www.tribuna.uz

Ko‘proq pul yutish uchun LINEBET’dan ajoyib imkoniyat!

Oxirgi fikrlar

  King_Ilhomjonovich [off]
01.04

Agar Pogba MYu uchun o'ynasa Fernandesh blan ideal oyin ko'rsatadi. Keyin Meddisin Grilesh kerak bolmaydi ularni orniga Saulni olish kerak
M

  Majidxon [off]
30.03

Po'ld.sotishkеrаk.dibalа.vа.piyаnich.kеrеmаs.grilish.vа.rais.sаncho'~kеyn.~~~~shulаr.kеsа.bo'ldi.

  Market_Utd [off]
30.03

Шу рухда давом этса олтин туп учлигига аник киради Фернандеш,уже кейинги йилдан Месси пессиларни курмасе кере.афсус чемпионтлар тухтаб колди,агар тухтамаганда Фернандеш тузукрок совринни ютиши анигиди,негаки бошка клубларда бунака етакчиликни кулига олган уйинчилар камиди,Пети айтганидек Фернандеш Мюга утиб худди узини сувдеги баликде хис килишни бошлади,Спортингдаям бу даражада етакчи эмасиди,мюга утиб 180 градусга узгариб кетди.

  Rooney [off]
30.03

Pogbani fikri buzilgan unga milliard bersa ham myu un 6ynamaydi.brunoga bowqa tandem topiw kk.bu mani fikrim

  James [off]
30.03

Agar pogba myuni ichki muhutini buzmasa myu uchun oynasa greliwyam maddisoniyam keregi bomi qoladi chunki fernandesh matich yoki fred pogba daxshat boladi
Umumiy: 5
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты