Reklama
Yangiliklar tasmasi

Berbatov: «Sancho «MYu»ga o‘tish borasida 2 marta o‘ylashiga ishonmayman»

28.03.2020, 12:48

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov «Borussiya» D vingeri Jeydon Sanchoning mankunianliklar safiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

– «Sanchoning «MYu»ga o‘tishi haqida ko‘p gaplar bo‘ldi. U ingliz, «Yunayted» esa unga shartnoma taklif qilmoqda. Men Sanchoning bu taklif borasida 2 marta o‘ylashiga ishonmayman.

Buni oldim ham aytgandim. U «MYu»da o‘ynash uchun yetarli ko‘rsatkichlarga ega. Ishonchim komilki, u milliy jamoada o‘ynashni davom ettirmoqchi. Milliy jamoa ustozi Garet Sautgeyt esa Premer-ligada o‘ynayotganlarni ko‘proq kuzatib boradi.

«Manchester Yunayted» kelasi mavsumda Reshford, Marsyal, Jeyms, Grinvud va, ehtimol, Sanchoga ega bo‘ladi. Ularning barchasi bir vaqtning o‘zida qanday o‘ynashini tasavvur qilish qiyin.

Sulsher asta-sekin yosh o‘yinchilardan iborat jamoani shakllantirmoqda va natijalarga ham erishmoqda. Uning to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanayotganini ko‘rish yoqimli. Agar Sancho ham kelsa, «MYu» uchun yanada yaxshi bo‘ladi», – deb Berbatovning so‘zlarini keltiradi BetFair.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Dilshod [off]
28.03

N 1 bo'ladi
Umumiy: 1
Reklama

© 2020 Uzbek Reds
Канал | Группа | Контакты